2024-09-15 17:13
Mehr yurakda emas, chunki u yerda: sevgi, sogʻinch, visol kabilar yotibdi. Miyada esa aql. Koʻzda esa zino va hiyonat yashiringan. Yuzda emas, sababi yuz ikkiyuzlamachilik bilan birlashib ketgan. Qoshda kibr. Kipriklarda hasrat. Peshonada taqdir. Yanoqlarda oriyat. Burunda dimogʻdorlik. Ogʻizda tartibsizlik. Quloqlarda esa ishonchsizlik. Boshda tashvish. Boʻyinda qarz. Yelkada burch va majburiyat. Qoʻllarda mehnat. Qorinda nafs. Oyoqlarda esa umid bor...